💮 ПСИХОЛОГИЯ ❄ УЗБЕКСКИЙ-СТРАНА
Бизнинг уюшмадан: психалогияга оид ва логикали тестлар, кунлик юлдузлар башорати, фойдали маслахатлар, видео лавхалар, фото суратлар ва хоказа шу каби қизиқарли маълумотларни топа оласизлар.
Бугундан бошлаб ўзингизнинг хаётингиздаги бўлган муаммоларни ёки ўзингиз ечолмаган саволларни аноним оркали ёзиб боришингиз мумкин, яъни уюшмамизнинг қатнашчилари оркали муаммоларингизни ҳал қилишингиз, фикрларидан хабардор булишингиз мумкин.
"Предложить новость" - деган жойни босиб ёзишингиз мумкин.
Тортинмасдан ёзаверинг, уюшмамизнинг мехрибон ва ишончли қатнашчилари каби ёрдам берамиз!!!
💮 ПСИХОЛОГИЯ ❄ УЗБЕКСКИЙ-СТРАНА запись закреплена- Записи сообщества
- Поиск
Yaz diyorsun ya sevgili..
Çok çok yaz diyorsun ya..
Aldığım nefes,içtiğim su, sudaki balık,havadaki kuşve aş’taki tuz ; Yani sevgili,sen benim her şeyimsin..
Oku diyorsun ya sevgili..
Hangi sözcüğü okumaya başlasam,isminden başka bir hece bilmiyorum.Gözlerinden geçip geçipuykusuzluğuma mavi seriyorum,
💮 ПСИХОЛОГИЯ ❄ УЗБЕКСКИЙ-СТРАНА запись закрепленаВы пишете, дорогая.
Я не знаю, что писать,Я знаю два слова;Я люблю тебя . Показать полностью.
Вы так много летаете.
Я превращаю свои чувства в бумагу,вы ревнуете к ручке.Держитесь подальше.Послушайте, здесь я пишу,вы,Я так скучаю по тебе.
Дыхание, которое я принимаю,воду, которую я пью,рыба в воде,птица в воздухеи избыток соли; Так дорого,ты все мое .
Ваш смех - пожизненная клетка.
Вы говорите, читайте или дорогой.
Независимо от того, что я начинаю читать,Я не знаю ни слога, кроме твоего имени.Через его глазабессонница синяя,
💮 ПСИХОЛОГИЯ ❄ УЗБЕКСКИЙ-СТРАНА запись закреплена 💮 ПСИХОЛОГИЯ ❄ УЗБЕКСКИЙ-СТРАНА запись закрепленаNikohdan oldin bilish kerak bo’lgan 6 ta kerakli maslahat.
Nikoh-chegaralarni bir turidir. Bu hisni chinakamiga bilmaganlar buni nima ekanligini hech qachon anglamaydilar. Buni anglaganlar esa boshqalar bilan tajriba almashadilar. Bugun nikohdan oldin bilish kerak bo'lgan 6 maslahatni e'tiboringizga taqdim etamiz. Marhamat!
1. Hamkorlar orasida muhabbat bormi? Показать полностью.
Yo’q va yana bir bor yo’q. Turmush o’rtog’ingiz sizni farzandingiz emas. U ancha oldin katta bo’lgan va shaxs sifatida shakllanib bo’lgan. Aynan u bilan yashash, oila qurish va farzandlarni tarbiyalash kerak. Uning tomonidan umr davomida sizga bo’lgan muxabbatini kafolatlash mumkin emas. Hayot davomida turmush o’rtog’ingiz sizga yoqmasligi mumkin, lekin qalbingizda unga nisbatan muhabbat hissi jo’sh urib turadi. Hayotda har-xil o’zaro tushunmovchiliklar, qiyinchiliklar bo’lib turishi tabiiy hol va sizga bu holatda turmushingiz buzilishi to’g’risida hayollar kelishi mumkin. Muhabbat bu tayyor va doimiy natija emas. Turmush ustida doimiy va muntazam mehnat qilib bir-biringizni tushunib muxabbatga erishish mumkin. Bu narsani anglab yetganingizda bir-biringizga bo’lgan tuyg’u yanada kuchayadi. Va har-xil hayotiy holatlarda ham o’z oilangizni saqlab qolish hissi hosil bo’ladi.
2. Farzand tug’ilgandan so’ng eng murakkab damlar - bu birinchi ikki yillikdir.
Har bir oila farzandli bo’lishni orzu qiladi. Ammo farzandning dunyoga kelishi hayotingizni butkul o’zgartirib yuboradi. Oilada bo’ladigan mojorolar oldingidek hal bo’lmaydi, siz uyquga to’ymaysiz, hayol va fikrlaringiz o’zgaradi. Bu vaqtda bu o’zgarishlar vaqtinchalik ekanligini anglash juda muhim. Bir - biringizga qo’pollik qilmay, avvalgi shirin kechikkan damlaringizni eslab, farzand ko’rishni qanchalik xohlaganingizni eslang.
3. Jinsiy hayot ikkinchi darajali bo’lib qoladi.
Jinsiy hayotga bo’lgan hislar so’nib boradi. Uni hayotingizdan yo’q bo’lib ketishiga yo’l qo’ymang. Ruxshunos bilan maslahat qiling, oldingi hayot tarzingizni shirin damlarini yodingizdan chiqarmang. Bir biringizga sovuqqonlik bilan qaramang, bu holat orangizga sovuqlik tushurishi mumkin. Bir -biringizga mehrli bo’ling va avvalgi hayot tarzingiz yana o’z holiga qaytishini ta’kidlang.
4. Turmushingizni shirin damlar bilan to’ldiring.
Ba’zida munosabatlar yoqimli so’zlar bilan yanada go’zallashadi. Shirin so’z bir-biringizga bo’lgan munosabatni yaxshilaydi. Turmush o’rtog’ingiz yoqtiradigan ta’omni pishirib, birga iste’mol qiling. Har doim shirin so’z bo’ling, bu hol oilani mustahkamlaydi. Baxtli oila tinimsiz mehnat poydevoridir.
5. A’loqa ustida muntazam ishlash kerak.
Oilani saqlash hikmati: er va xotinning bir-biriga yaxshi munosabati asosida tashkil topadi. Agar er harakatda bo’lib ayol harakatda bo’lmasa bu oila parokanda bo’ladi. Hamisha hamjihatlikda bo’lish kerak, bir-biriga beoqibat bo’lmay xato va kamchiliklarni birgalikda to’g’irlashga harakat qilib yashash kerak. Agar shularga amal qilinsa oilada tinchlik va totuvlik hukmron bo’ladi.
6. Oilani saqlashda o’z xissangiz haqida talashmang.
Oilaning har bir a’zosi bir-biridan holi mehnat qiladilar. Bu holatni ular ko’rmasliklari mumkin va buni yuzlariga solmasliklari zarur. Bu qarama-qarshilikda g’olib va mukofot yo’q, faqat mag’lub bor. Majburiyatlar baravar taqsimlanadi, lekin ular har-xil. Er pul topadi, uy ishlari bilan kam shug’ullanadi. Ayol esa ishlamaydi lekin uy yumushlari va farzand tarbiyasi bilan shug’ullanadi. Agar bir-biringizni bu yumushlaringizni qisman o’zingizga olsangiz va bir-biringizni qilgan ishingizga minnatdorchilik bildirsangiz oilangiz yanada tinch va totuv bo’ladi. E’tiboringiz uchun raxmat.
💮 ПСИХОЛОГИЯ ❄ УЗБЕКСКИЙ-СТРАНА запись закрепленаQizlarga yoqadigan yigitlar qanday bo'lishi kerak?
Ha, qizlar hazil-mutoyibani xush ko’radigan, o’ziga ishongan yigitlarni yoqtiradilar. Biroq yonlarida ma’lum sifatlarga ega bo’lgan boshqa toifadagi yigitlar bo’lishini xohlaydilar. Bugun sizga qizlarga yoqadigan yigitlar qanday bo'lishi haqida ma'lumot beramiz. Marhamat!Показать полностью.
Ko’ngil olish ustalari qiziqish bilan intilishning farqini allaqachon ochib bo’lishgan. Qizlar mehribon, qiziqish uyg’ota oladigan yigitlar yoqishini aytishadi, ammo ular faqatgina qiziqarli muloqot uchundir. Munosabatlari chuqurlashib, yigitlar ko’zlagan maqsadlariga yetishsa ham, bu ularning mehribon va qiziqarli bo’lganlari uchun emas, shunchaki ular atayin yoki o’zlari bilmagan holda o’zlarini shunday tutishganki, qizlarning o’zi ularga nisbatan moyillikni his qilishgan.
Ammo sizning bu “omadlilar” oldida afzalliginigiz bor: quyida keltiriladigan maslahatlardan ongli ravishda foydalanib, qizlarni boshqalardan ko’ra bir necha barobar tezroq ilintirishing yoki hech bo’lmaganda unga yetishish uchun imkoniyatlaringizni ko’paytirishingiz mumkin.
Xo’sh, qizlar qanday yigitlarni xohlashar ekan?
Birovlarning xohishiga yurmaydigan va qizlarning belgilagan qoidalariga bo’ysunmaydiganlarni.
Axir ayollar doimo erkaklarga o’z hukmlarini o’tkazmoqchi bo’ladilar. Faqat bu ishni juda ustalik bilan qilganliklari bois, erkaklar buni sezmay qoladilar.
Umuman olganda, itoatsizlik-kuch belgisi. Ichki kuchga ega bo’lgan erkaklargina ayollarning makr- hiylasidan omon qoladilar. Shuning uchun ham ana shunday sifatlarga ega yigitlarni qizlar yoqtiradilar. Qizlarning ko’nglini olish uchun boshida hamma yigitlarning imkoniyatlari bir xil bo’ladi. Shunchaki vaqt o’tgan sari tashqaridan farishtadek ko’ringan qiz sizning qat’iyatliligingizni sinab ko’rmoqchi bo’ladi. U ochiqdan-ochiq yoki shama qilib, sizning nohaqligingizni aytishi mumkin. Uning fikriga qo'shilib, ko’nglini ovlashda davom etaversangiz, jozibadorligingizdan asar ham qolmaydi.
Qizning sizga nisbatan bo’lgan moyilligini asrab qolish va kuchaytirishning yagona yo’li - u tomondan o’zingizga nisbatan bosimni sezishingiz bilanoq bo’ysunmasligingizni ko’rsatib qo’yishingiz kerak.
O’ZINI HURMAT QILADIGANLARNI
Qiz injiqlik qilganda, siz uning ko’nglini chog’ qilishga harakat qildingizmi? Unday holda siz unung kayfiyatini ko’targan bo’lsangiz ham, uning sizga nisbatan bo’lgan moyilligi nolga teng bo’lib qoladi.
Gap shundaki, uning fikricha ayol kishining e’tiboridan qolishdan cho’chigan va uning injiqligi paytida qattiqqo’llik qila olmaydigan erkak, zaifdir.
Ayollar, zaif erkaklar ishonchsiz bo’ladilar deb, ularga o’zlarini ishonib topshirishdan saqlanadilar. Shuning uchun qizlar yigitlarni sinab ko’rmoqchi bo’ladilar. Ular shunday ish qiladilarki, yigit qizni yo’qotib qo’ymasligi uchun o’zini hurmat qilishini bildirmasligi mumkin. Natijada esa yigit hurmatini yanayam yo’qotadi (endi butunlay).
Boshqa odamlar bilan muloqotingizni ham diqqat bilan kuzatadi. Birov sizning ustingizdan kulishiga yo’l qo’yishingiz bilanoq (hazil tariqasida bo’lsa ham) siz uni yo’qotasiz. Endi u haligi “birovni” yoqtirib qoladi. "Nima uchun?",- deb so’ramang, bu tabiat qonuni.
Shunday yigitlar borki, ular o’zlarining yarmini ko’rsatsalar, yarmini berkitib, sirli bo’lib yuradilar. Masalan, yomon yigit yosh bolalarni erkalab, ularga mehr bilan muomala qilsa, u shaxsining ochilmagan taraflarini ko’rsatib qo’ygan bo’ladi. Va albatta qizda jumboqni yechganday, yigitni chuqurroq o’rganish istagi paydo bo’ladi, uning yomon emas, yaxshi taraflarini topishni istaydi. Buning uchun esa o’z-o’zidan qiz yigit bilan ko’proq uchrashishi kerak bo’ladi.
Bu sirli hiylani bilishingiz va tadbiq qilishingiz shart.
Hech qachon o’zingizni qizga to’liq ochib ko’rsatmang. U siz haqingizda 100 foiz bilsa, uning sizga nisbatan qiziqishi susayadi.
Tavakkalchilik - oliyjanob ish. Bunda nafaqat nimadir yutib olishingiz, balki qarama-qarshi jins vakilasiga yoqa boshlashingiz ham mumkin.
Biroq bu ishning nozik tarafi ham bor: avvaliga unga yoqib qolasiz, so’ngra u sizni havf-xatardan asrash uchun bundan qaytarmoqchi bo'ladi. To’g’ri, bir qarashda niyati yomon emas, ammo sizni “xonakilashtira” olsa, sizga nisbatan moyilligi yo’qoladi.
Yo’q, gap sizning ko’chadagi mushtlashishlaringiz haqida emas. Haqiqiy jasurlik hamma ishda namoyon bo’lmog’i kerak. Shu jumladan, o’z hissiyotlarini ochiq ifodalay olish va ichki istaklariga muvofiq holda ish tutishi kerak bo’ladi. Shuni bilib olishingiz kerakki, istaklaringizni qondira olmasligingiz yurush-turishingizda, gap-so’zlaringizda o’z aksini topadi. Bu qizlarga ham seziladi va o’zingizni qanchalik tabiiy tutishingizni ularga bildirib qo’yadi.
Qizlarga ko’ngli sust ketgan oshiqlarning fikri o’laroq, romantik bo’lishning hech yomon tomoni yo’q.
Muhim bir qoida bor: qizlar xushtorlik va romantiklikni yigitlarning sarasidan qabul qiladilar, ya’ni yuqorida keltirilgan sifatlarga ega yigitlardan.
Ko’pchilik yigitlar oddiy narsani tushunmaydilar: ishqiy moyilliksiz bo’lgan romantika qiziqishni ham so’ndiradi.
Shuning uchun ushbu qoidani eslab qoling: avval unda qiziqish uyg’otasan, ana undan keyingina romantikaga yo’l ochiladi.
Agar boringizga qanoat qilib, ortiqcha narsaga intilmasangiz, demak siz sabr-toqatli va kamtar insonsiz.
Biroq bu sifatlaringiz siz tanishgan qizga yoqmasligi mumkin. Unga orzu-havasli, oilasi va farzandining yaxshi yashashini ta’minlay oladigan erkak kerak.
Shuning uchun o’zingizning ulkan orzu-niyatlaringiz haqida ko’proq gapirishingiz va albatta ularni amalga oshirishga harakat qilishingiz kerak.
Xo’sh, qizlar o’zi qanday yigitlarni yoqtiradilar? Muhim ahamiyatga ega erkaklarni. Yuqorida keltirilgan maslahatlar munosib erkaklar obrazini yaratadi, xolos. Bunday ideal erkak rolini uzoq o’ynolmaysiz. Siz birovning fe’l-atvoriga taqlid qilib, yolg’ondan emas, balki chindan, qalban o’zgarib, yigitlarning eng sarasi bo’lishingiz kerak.
💮 ПСИХОЛОГИЯ ❄ УЗБЕКСКИЙ-СТРАНА запись закрепленаErkaklarning ayollarga xush yoquvchi salbiy xususiyatlari sanab o`tildi.
Buyuk Britaniya, Finlyandiya va polshalik psixologlar erkaklardagi qaysi xususiyatlar ayollarga ko`proq yoqishi yuzasidan tadqiqot o`tkazishdi.
Tadqiqot natijalari Evolution and Human Behaviour jurnalida chop etildi.Показать полностью.
Mutaxasislarning fikriga ko`ra, ayollarga erkaklardagi bir qator salbiy jihatlar xush yoqadi.
Shunday qilib, bu salbiy xususiyatlar narsissizm, makiavellizm va psixopatiyada namoyon bo`ladi.
Narsissizm o`z ichiga kalondimog`lik, g`urur, o`zini haddan ziyod yaxshi ko`rish kabi jihatlarni o`z ichiga oladi.
Makiavellizm tushunchasining zamirida manipulyasiya, yolg`onchilik va o`z qiziqishlariga haddan ziyod berilish kabilar yotadi.
Psixopatiya esa yuraksizlik, shafqatsizlik, xudbinlik, jahlning tez-tez namoyon bo`lishi kabi jihatlarni o`z ichiga oladi.
Psixologlarning fikriga ko`ra, ayollar aksariyat hollarda gavdali va keng yuzli erkaklarni yoqtirib qolishadi. Bunday tashqi ko`rinishga ega bo`lgan erkaklar esa yuqorida sanab o`tilgan salbiy xususiyatlardan kamida ikkitasiga ega bo`lishadi.
So`rovnomada 2370 nafar ayol ishtirok etgan. Psixologlar salbiy jihatlarga ega bo`lgan erkaklarning suratlari ko`rsatilib, ulardan birini tanlash so`ralgan
💮 ПСИХОЛОГИЯ ❄ УЗБЕКСКИЙ-СТРАНА запись закрепленаZudlik bilan qutulishingiz kerak bo‘lgan 10 ta yomon odat Odam asosan ikkita organi — yuragi va miyasi sharofati bilan yashaydi. Biroq ushbu tana a’zolarini asta-sekinlik bilan yemiruvchi ba’zi odatlar borki, ulardan tezroq qutulgan ma’qul.
Nonushta qilmaydigan kishilar qonida glyukoza miqdori juda past bo‘ladi, bu bosh miya faolligini susaytiradi.2. Keragidan ortiqcha yeyish
Me’yoridan ortiq ovqat yeganingizda organizm qon tomirlari va bosh miya tomirlarida xolesterin to‘playdi.3. Chekish
Sigareta miya faoliyatiga zarar yetkazadi va bosh miya hujayralarini yemiradi. So‘nggi tadqiqotlar esa chekish Alsgeymer kasalligi sabablaridan biri bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatdi.4. Ko‘p miqdorda shakar iste’mol qilish
Qanchalik ko‘p shakar iste’mol qilsangiz, shunchalik ko‘p toksinlar va ortiqcha vazn hosil bo‘ladi, organizmdagi foydali moddalar ham kamayadi.5. Ifloslangan havoda ko‘p bo‘lish
Ushbu omil sizga ko‘p ham bog‘liq bo‘lmasa-da, shuni bilishingiz kerakki, agar miyaga kislorod yetishmasa, uning faoliyati sezilarli darajada pasayadi.6. To‘yib uxlamaslik
Yetarlicha uxlamaslik bosh miya hujayralari yemirilishiga olib keladi.7. Narkotiklar va spirtli ichimliklar iste’mol qilish
Ushbu moddalar bosh miya faoliyatini ortga qaytarib bo‘lmaydigan darajada izdan chiqaradi.8. Kasallik vaqtida ishlash
Tobingiz qochgan vaqtida zo‘riqib aqliy mehnat qilish miya faoliyatiga zarar yetkazadi, chunki bu paytda organizm o‘zidagi barcha manbalarni kasallik bilan kurashishga sarflaydi. Bunday davrlarda miyaga yetarlicha kislorod bormaydi.9. Rivojlanishning yo‘qligi
Miya doimiy ravishda rivojlanishi kerak, shuning uchun televizor ko‘rish o‘rniga kitob o‘qing, krossvord yeching yoki shaxmat o‘ynang.10. Kamgaplik
So‘zlashish ham bosh miyani rivojlantirishning bir usulidir. Suhbatlasha turib, siz faktlarni eslab qolasiz, yangi so‘z va iboralarni o‘rganasiz, shu tariqa, miyani mashq qildirib, uni doimiy faollikda tutasiz.
быть ЖЕНЩИНОЙНе украшать косметикой раскрывать внутреннюю красотуне оставляйте кусок в каждом мужчинебыть счастливым с мужчиной
Будьте EERKEKВ вашей жизни не так много женщинЧтобы действительно любить женщину и быть честным с ней, нужно любить ее до смерти.
💮 ПСИХОЛОГИЯ ❄ УЗБЕКСКИЙ-СТРАНА запись закрепленаHayotda yordam beruvchi 13 psixalogik ayyorlikShunday psixalogik ayyorliklar mavjudki, ularni qo'llab har doim insonlardan o'zingiz hoxlagan narsani olishingiz mumkin. Bugun ana shunday psixalogik ayyorliklar haqida ma'lumot beramiz. Marhamat!Показать полностью.
Suhbatdoshingizning javobi sizni qoniqtirmasa — misol uchun u nimanidir oxirigacha aytmadi, tushunarsiz yoki yolg‘on gapirdi. Bu haqda undan qayta so‘rash kerak emas. Buning o‘rniga jimgina va diqqat bilan uning ko‘zlariga qarang, bunday usul unga imkoniyat qoldirmaydi va u o‘z fikrini davom ettirishga majbur bo‘ladi.
Agar sizga kimdir baqirsa, kuch bilan o‘zingizni bosing va xotirjamlikni saqlang, vazmin bo‘ling. Baqiroq odamning birinchi ta’siri g‘azabingizni keltirish, lekin u ko’p o’tmay tezda so‘nadi. Keyin esa ikkinchi vaziyat yuzaga keladi, kishining g‘ashiga tegadigan muomalasi va tajovuzkorligi uchun aybdorlik hissi uyg‘onadi. Qarapsizki, aynan baqirayotgan odam sizdan kechirim so‘raydi.
Biron kishi sizni tanqid (tanbeh yoki haqorat) qilishini oldindan bilsangiz, dadillik bilan uni yoniga o‘tirib yoki turib oling. Bunday vaziyatda u yumshaydi, sizga nisbatan salbiy munosabati biroz kamayadi.
Insonni taom yeyishi xotirjamlik va xavfsizlik bilan bog‘liq. Shu sababli biz qadrdon uyimizda ko‘proq ovqatlanishga harakat qilamiz. Agar siz asabiylashayotgan bo‘lsangiz, saqich chaynang: chaynash ta’sirida miya aldanadi, siz esa o‘zingizni dalil va xotirjam his qilasiz.
Imtihonda talabalar foydalanadigan eski va tekshirilgan usul, o‘qituvchi yaqin va qadrdon do‘stingizdek tasavvur qiling, o‘shanda javob berishingiz osonlashadi, o‘zingizni osoyishta his qilasiz. Bu usul boshqa vaziyatlarda ham qo‘l keladi. Masalan, uni muhim uchrashuv yoki suhbatlarda qo‘llasa bo‘ladi.
Ulfatlar davrasida hamma birdaniga kulsa, beihtiyor ularning har biri yaqin bo‘lishni istagan, o‘ziga yoqqan odamga qaraydi. Shuning uchun hazil-huzuldan so‘ng nigohlarni ilib olishga harakat qiling – shunda ko‘p narsa ayon bo’ladi.
Tanish inson bilan uchrashganda unga munosabatingizni quvonch bilan izhor eting: misol uchun samimiy tabassum qiling yoki muloyimlik bilan ismini ayting. O‘shanda vaqt o‘tishi bilan suhbatdoshingizga ancha yaxshi munosabatda bo‘la boshlaysiz va uchrashuv shodligi samimiy bo‘ladi.
Agar ishingiz odamlar bilan bog‘liq bo‘lsa, ularni yanada xushmuomila va muloyim bo‘lishga “majburlash” mumkin: hamsuhbatingiz aksini ko‘rishi uchun orqa tomonga oyna qo‘yib qo‘ying. Qoidaga ko‘ra, biz oynada o‘zimizni chiroyli ko‘rsatishga harakat qilamiz, badjahl va yomon qiyofada bo‘lishni istamaymiz.
Yoqimtoy inson e’tiborini tortish uchun uning yelkasi orqasidagi to‘g‘rima-to‘g‘ri turgan narsaga razm solib qarang. Uning nigohini o‘zingizga qaraganini sezishingiz bilan tezda ko‘ziga qarang va yengilgina kuling – bu albatta ish beradi!
Biz o‘z stress holatlarimizni nazorat qila olishimiz mumkin: agar siz qattiq tashvishlansangiz, nafasingiz tezlashsa va yuragingiz sanchishni boshlasa, o‘zingizni xotirjam nafas olishga majburlang va ovozingizni vazminlashtiring. Bu haqiqatdan kuchga ega.
Birinchi uchrashuvdayoq insonni jalb qilish va uning e’tiboriga tushish uchun, tanishayotganda shunchaki ko‘z rangini bilib oling: nigoh orqali aloqa yaratiladi.
Talab va shart qo‘yishdan oldin dastlab o‘z qadringizni oshiring. Boshida sherigingiz bunga rozi bo‘lmaydi va rad etadi. Lekin mavjud sharoitni taklif etsangiz u 100 foiz ko‘nadi. Ilgari siz kattaroq narsadan voz kechgan bo‘lsangiz, odamlar undan kamroq narsadan voz kechishga moyil.
Insonlar o‘ziga va ishiga ishonganlarga intilishadi, shu sababli nima haqida gapirayotgan bo‘lsangiz o'zingizni o‘shani qila oladigandek ko‘rsating (aslida bunday bo‘lmasa ham ;) ).
Ношение что . Есть женщины, которые это признают.Кроме того,Показать полностью. Если любовь в ваших глазах,Если у вас есть любовь в ладоняхЭтоЕсли вы чувствуете запах милосердия,посмотретьЕсли вы читаете сердцеЭто женщина.Она самая красивая женщина в мире.И это должно быть для васЧтобы добавить смысл в вашу жизньИ ты должен быть счастлив .
💮 ПСИХОЛОГИЯ ❄ УЗБЕКСКИЙ-СТРАНА запись закрепленаSevgan yoringiz sizni doimo sevishini xohlaysizmi? Quyida berilgan tavsiyalar oilangizni yanada mustaxkamlashishiga va turmush o’rtog’ingiz bilan uzoq xamda baxtli xayot kechirishingizga ko’mak beradi.Показать полностью.
1. Tinglashni o’rganing!
2. O’z iforingizga ega bo’ling!
3. Ko’proq kitob o’qing va yangiliklarni kuzatib boring! (axir zamondan orta qolgan inson kimga yoqadi?)
4. Yaxshi bezak, o’z shaxsiy retseptiga ega bo’lishi kerak. Shunday ekan, taom tayyorlayotganda fantaziyangizni ishga soling!
5. Iloji boricha past ovozda so’ylang va turmush o’rtog’ingizga xech qachon baland ovozda gapirmang!
6. O’zingizni bilimdon qilib ko’rsatmang!
7. Turmush o’rtog’ingizni xar doim jilmayib kutib olishni odat tusiga aylantiring!!!